Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:36

Turkiyadagi ishchi – xizmatchilarga juma namozi uchun izn beriladi


Turkiya mehnat kodeksiga juma nomoz haqidagi modda qo‘shiladigan bo‘ldi. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li 5 yanvar kuni iqtidordagi Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi majlisida chiqish qilib juma kuni namoz o‘qishga ketadigan vaqt ish kunidan chegirilmasligi mehnat kodeksida ta’minlashini aytdi.

Dovudo‘g‘liga ko‘ra¸ mehnat kodeksiga kiritiladigan o‘zgartish loyihasi parlamentga taqdim qilinadi.

Turkiya Bosh vaziri ish beruvchi va ishchi o‘rtasida juma namoziga ketgan vaqt borasidagi muammolarga nuqta qo‘yish mavridi kelganini aytdi:

- Juma kunlaridagi ish soati ibodat erkinligiga halaqit bermasligini ta’minlaydigan bir o‘zgartish loyihasini hozirladik. Endi har kim qo‘rqmasdan juma namozini ado qilishi mumkin. Bu holatda namozga ketadigan vaqt ish soatidan chegirib qolinmaydi. Olloh xayrli va muborak qilsin, dedi Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li.

Dovudo‘g‘lining ishonishicha, Turkiya mehnat kodeksiga kiritilishi kutilayotgan bu modda e’tiqod erkinligini ta’minlash yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Turkiya bo‘yicha mutahassis Abbos Javodiyning aytishicha¸ ayni vaqtda davlat idoralaridagi o‘rta bo‘g‘in ma’murlarning aksariyati iqtidordagi Adolat va taraqqiët partiyasi a’zolari bo‘lgani bois juma namoziga borishi jamoat bosimi kuchli bo‘lgan Turkiyada ommaviy tus olgan.

"Dovudo‘g‘li fe’lan mavjud holatga mashrulik bermoqchi", deydi Abbos Javodiy.

Bundan oldin Turkiyada ro‘mol o‘ragan ayolning davlat idorasida ishlashiga izn beruvchi qonun qabul qilingan edi.

Muxolifat islomiy ildizga ega iqtidordagi Adolat va taraqqiyot partiyasining bu tadbirlarini Turkiyaning dunyoviyligiga yangi bir hujum deb tanqid qilib keladi.

Juma namozi uchun ma’murlarga vaqt ajratish va ish joyidagi xotin-qizlarning ro‘mol o‘rashi mamlakatdagi dunyoviy va diniy an’analar tarafdorlari o‘rtasidagi bahstalab mavzulardan biridir.

Erdo‘g‘on va uning "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ga nisbatan Turkiyadagi dunyoviy davlat talablaridan chekinib, islomiylikka qarab borayotgani haqida tanqidlar bot-bot yangraydi.

XS
SM
MD
LG