Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:04

Turkmaniston banklari xorijiy valyuta sotishni to‘xtatib qo‘ydi


Turkmaniston banklari valyuta sotishni to‘xtatib qo‘yishi ortidan qora bozorda AQSh dollari narxi keskin oshib ketdi. Ashxoboddagi banklar xodimlari o‘z mijozlariga AQSh dollari va boshqa xorijiy valyutalarni sotishga taqiq muddatsiz joriy qilinganini ma’lum qilganlar.

Daromadi asosan tabiiy gazdan bo‘lgan Turkmaniston o‘tgan yilning 1 yanvarida milliy valyuta bo‘lmish manat devalvatsiyasini o‘tkazgan, buning natijasida milliy valyuta 19 foizga qadrsizlangandi.

Shu kunda Turkmanistonda manat yana qadrsizlanishi haqida yurgan gap-so‘zlar sarroflik shaxobchalarida talotumni yuzaga keltirmoqda.

Associated Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 12 yanvar kuni Turkmaniston qora bozorlarida 1 AQSh dollari 4 manatdan 4 manatu 20 tangagacha sotilgan.

XS
SM
MD
LG