Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:53

Moskvada emizikli bolasini sotgan o‘zbekistonlik ona 5 yilga qamaldi


Moskva viloyatining Dolgoprudnenskiy shaharida o‘z farzandini sotgan o‘zbekistonlik Gulnora Hoshimova odam savdosida aybdor deb toplib, 5 yilga qamaldi.

Tergov davomida Hoshimova o‘tgan yilning oktbyar oyida 2 oylik o‘g‘lini 70 ming rublga sotgani aniqlangan.

Mahkama o‘zbekistonlik onani axloq tuzatish koloniyasiga jo‘natish haqida hukm chiqardi.

Chaqaloq Moskva viloyatidagi kasalxonaga yuborilgan.

Rossiyada o‘z farzandini sotgan yoki sotmoqchi bo‘lgan bir qancha o‘zbekistonlik ayol avval ham jazoga mahkum etilgan edi.

XS
SM
MD
LG