Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:06

O‘zbekistonda o‘zbek zehniyatiga mos bo‘lmagan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati tuzildi


“Kamolot” yoshlar tashkilotining Toshkent shahar kengashi poytaxt hokimiyati qoshidagi Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan birgalikda taqiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Sputnik nashrining xabar qilishicha, bu ro‘yxatga shafqatsizlik, zo‘ravonlik, diniy ekstremizm, qimorni targ‘ib qiluvchi hamda shahvoniy sahnalarga ega o‘yinlar kiradi.

Bu kabi o‘yinlarni saralash ishi tajribali pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan olib boriladi. O‘yinlar esa faqat shafqatsizlik va zo‘ravonlik targ‘iboti nuqtai nazaridangina emas, balki ularning o‘zbek zehniyatiga naqadar muvofiqligi, boshqa xalqlar diniy hissiyotlariga daxl qilish-qilmasligi, qimor va axloqsizlikni tashviq qilish kabilar nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqiladi.

XS
SM
MD
LG