Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:22

Ravon Matiz Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobil sifatida qayd etildi


O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon Matiz Rossiyada 2016 yil fevralida eng arzon narxda sotilgan mashina sifatida qayd etildi.

“Deyli-Motor” nashrining yozishicha, Ravon Matiz narxi fevral oyida 4110 dollarni tashkil qilgan. Eng arzon mashinalar ro‘yxatining ikkinchi va uchinchi pog‘onasidan Xitoyning Lifan Smily va Lifan Smily New avtomashinalari o‘rin olgan. Bu mashinalar 4187 va 4776 dollardan sotilgan.

Matiz avtomashinalari Rossiyada o‘tgan yilning oktyabridan boshlab Ravon brendi ostida sotila boshlangan edi. Avtomashina dizayni qayta ko‘rib chiqilgan va mashina ABS, xafsizlik bolishchalari, immobilayzer kabi optsiyalarga ega bo‘lgan.

Ravon Matiz tashqi ko‘rinishi ham o‘zgartirilgan. Avtomashinaga yangi rusumdagi bamper, optika, Ravon logotipi tushirilgan yangi turdagi radiator panjarasi o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG