O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi mamlakatda yangi avtomobillarni sotish haqqini faqat texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalariga ega bo‘lgan rasmiy dilerlarga berishni ko‘zda tutuvchi loyihani ishlab chiqdi.
Loyihada ko‘zda tutilgan yangi tartibga ko‘ra¸ 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab yengil avtomobillar va yuk tashish mashinalarini respublika bo‘ylab texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar sotishi mumkin.
Bunday tartibning jismoniy va yuridik shaxslar haqlarini himoya qilish¸ avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilishi iddao qilinmoqda.