Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:05

Rossiya Suriyada havo zarbalarini to‘xtatganini bildirdi


Rossiya harbiy kuchlari Suriyada havo zarbalari berishni to‘xtatgan.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, general Sergey Rudskoy jurnalistlarga ma’lum qildi.

Janob Rudskoyga ko‘ra, 27 fevral kunidan rus harbiy aviatsiyasi Suriyada parvozlarni to‘xtatgan.

O‘z navbatida Suriya armiyasi ham Rossiya va AQSh o‘rtasida erishilgan sulh bitimi doirasida o‘t ochishni to‘xtatganini bildirdi.

Shunday bo‘lsa-da, Suriyadagi ayrim isyonchi guruhlar otashkesim shartlari buzilayotganini aytishmoqda.

Jвysh al-Islom guruhi vakilining Reyters agentligiga bildirishicha, Suriyadagi hukumat kuchlari shanba kuni ham Damashq atroflarida ham havodan ham yerdan zarbalarni berishda davom etgan.

Otashkesim boshlanganidan bir necha soat o‘tib Suriya hukumat kuchlari nazorat qilib turgan Salamiya shahrida avtomobil portlagani haqida xabarlar olindi.

Portlash oqibatida ikki odam halok bo‘lgan. Ushbu hujumni kim uyushtirgani hozircha aniq emas.

XS
SM
MD
LG