Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:41

O‘zbekistonlik enagaga yosh bolani o‘ldirish aybi qo‘yildi


O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovaga to‘rt yashar qizchani o‘ldirish aybi qo‘yildi. Bunday jinoyat uchun Rossiya Jinoyat kodeksida 20 yilga qadar qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Boboqulovaning ruhiy nosog‘lom ekani va shizofreniya bilan og‘rib kelgani xabar qilingan edi. Ayni paytda rossiyalik tergovchilar samarqandlik Gulchehra Boboqulova mudhish qotillikkka ekstremist guruhlarning ta’sirida qo‘l urgan bo‘lishi mumkin, degan farazlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, Boboqulova bilan Moskvada sha’riy nikoh qurgan uning tojikistonlik hushtori Mamur Jo‘raqulov bir necha kun avval Dushanbe shahrida qo‘lga olingan.

Gulchehra Boboqulova tojikistonlik 48 yoshli Mamur Jo‘raqulov bilan 2014 yilda tanishgan va sha’riy nikoh qurgan juftlik Moskvada vaqti-vaqti bilan uchrashib turishgan.

Boboqulovaning O‘zbekistonda hibsga olingan o‘g‘li Rahmatillo Ashurovning ko‘rsatmalaridan ayon bo‘lishicha, onasi aynan tojikistonlik erkak bilan tanishganidan so‘ng dinga berilgan.

"Moskovskiy Komsomolets" nashri Rahmatilloning tergovga bergan ko‘rsatmalariga tayanib xabar berishicha, u o‘tgan yilning yozida Mamur Jo‘raqulov va yana o‘nga yaqin tojikistonlik bilan birga bir kvartirada yashagan.

Rahmatullo Ashurov tergov davomida ularni hammasi ashaddiy dindor bo‘lgani, muntazam namoz o‘qishgani, diniy mavzularda suhbatlar qilishgani, musulmonlar shariat qonunlari hukmron davlatlarga "hijrat" qilish kerakligi kabi masalalarni muxokama etishgani va Mamur Jo‘raqulov shu jamoaning yetakchisi bo‘lgani, haqda atib bergan.

Boboqulova o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatlarda Suriyaga ketish va u yerda islom qonunlari asosida yashash niyati borligini ko‘p bora ta’kidlagan.

Gulchehra Boboqulova avvalroq so‘roq payti o‘zi enagalik qilgan to‘rt yashar qizchani Rossiyaning Suriyadagi bombardimonlari uchun o‘ch olish maqsadida o‘ldirganini aytgan edi.

“Putin samolyotlar bilan bombardimon qilayapti. Nega sizlar biz musulmonlarni bombalayapsiz, nega hech kim hech narsa demayapti? Ular ham yashashni xohlaydi-ku”, deb aytgandi so‘roq payti olingan videoda Gulchehra Boboqulova.

Boboqulova dastlabki sudda qizchani ollohning buyrug‘i bilan o‘ldirgani haqida gapirgandi.

Rossiya matbuotiga ko‘ra¸ tergov davomida ruhan kasal ekani aytilayotgan ayolning Suriyadagi IShID terror guruhiga aloqasi bor-yo‘qligi ham o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG