Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:29

Suriya-Iroq chegarasidagi yirik o‘tkazish punkti "Islomiy Davlat"dan tortib olindi


Suriyada isyonchi kuchlar AQSh yetakchiligidagi havo kuchlari zarbalaridan so‘ng Iroq chegarasidagi o‘tish punktlaridan birini o‘z nazoratiga oldi.

Havo hujumlari bois, "Islomiy davlat" terror guruhi jangarilari Suriya tomon chekinishga majbur bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Suriya inson huquqlari faollarining 5 mart kuni xabar qilishicha, isyonchi kuchlar Iroq va Suriya chegarasidagi Al-Tanif chegara o‘tkazish punktiga Iordaniya tomonidan hujum qilgan. Janglar qariyb bir kun davom etgan.

Chegara punktining Iroq hududidagi qismi hanuz ID terrorchilari nazorati ostida qolmoqda. Bu punkt 2015 yilning mayida ID nazoratiga o‘tgan. Suriya-Iroq chegarasidagi yana bir yirik Albu Kamol chegara punkti ham terror guruhi qo‘lida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG