Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 15:25

AQShning eng nufuzli va jozibador sobiq birinchi xonimi 94 yoshida vafot etdi


AQShning sobiq birinchi xonimi – Qo‘shma Shtatlar 40-prezidenti bevasi Nensi Reygan 6 mart kuni Los Anjelesdagi uyida 94 yoshida vafot etdi. The New York Times gazetasining yozishicha, Nensi xonim yurak hurujidan vafot etgan.

Nensi Reygan Ronald Reyganning eng yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Asli kasbi aktyor bo‘lgan Ronald Reygan rafiqasining qo‘llab-quvvatlashi va maslahatlari ortidan katta siyosiy karyeraga erishgan. Nensi Reygan AQSh tarixidagi eng nufuzli va eng jozibador birinchi xonim sifatida ko‘riladi.

AQShga 1981-1989 yillar davomida prezidentlik qilgan Ronald Reygan 2004 yilning 5 iyunida 93 yoshida vafot etgan edi.

XS
SM
MD
LG