Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2018, Тошкент вақти: 12:05

Elektron pochta ixtirochisi vafot etdi


AQShda elektron pochta ixtirochisi Roy Tomlinson 74 yoshida vafot etdi. The Verge nashri xabariga ko‘ra, Tomlinson yurak xurujidan olamdan o‘tgan.

Massachusets texnologiya institutini tugatgan Tomlinson o‘tgan asrning 60-yillarida fayllarni yetkazish bo‘yicha CPYNET dasturini ixtiro qilgan.

U ushbu dasturini 1971 yilda bir kompyuterdan ikkinchisiga elektron xabar jo‘natish g‘oyasi uchun foydalandi.

Elektron manzillarda "@" ("at" yoki "kuchukcha") belgisini ishlatish g‘oyasi ham Tomlinsonga tegishlidir.

XS
SM
MD
LG