Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:33

Gruziya armiyasida musulmon askarlar namoz o‘qish imkoniga ega bo‘ladi


Gruziya armiyasidagi ilk namozxonani mamlakat mudofaa vaziri Tina Kidasheli ochib berdi.

Kutaisi shahrida piyoda askarlar 3-brigadasi qarorgohida o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan vazir Gruziyada din erkinligi Konstitutsiya bilan kafolatlanganini urg‘uladi.

Kidasheli dindor askarlar uchun yaqin orada yana ikki namozxona ochilishini qayd etdi.

Gruziyada musulmonlar aholining 10 foizini tashkil qiladi. Bungacha musulmon faollar masjid va madrasa ochish harakatlariga to‘sqinlik qilinayotganidan shikoyat qilganlar.

2014 yili Ajariya hududida madrasa joylashishi kerak bo‘lgan binoga noma’lum shaxslar cho‘chqaning kallasini osib ketishgandi. Mahalliy musulmonlar buni o‘zlariga nisbatan haqorat o‘laroq qabul qilganlar.

XS
SM
MD
LG