Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:17

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova doping uchun o‘yindan chetlashtirildi


Rossiya Tennis federatsiyasi Mariya Sharapova Braziliyada bo‘ladigan bu yilgi Olimpiyada o‘yinlarida o‘z mamlakatini taqdim qiladi, deb umid bildirdi.

Federatsiya rahbari Shamil Tarpishchev 8 mart kuni - Sharapova sportchilar uchun taqiqlangan dorini iste’mol qilgani uchun o‘yindan chetlatilganidan bir kun o‘tib bayonot berdi.

7 mart kuni Mariya Sharapova Avstraliyadagi 2016 yilgi ochiq chempionat davomida o‘tkazilgan doping-testdan o‘tolmaganini tan oldi.

Los-Andjelesda o‘tgan matbuot anjumanidagi chiqishida sportchi 10 yil davomida meldoniy moddasi mavjud dorini iste’mol qilib kelganini tan oldi:

"Men katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Ammo, sportdagi karyeramni bu shaklda tugatishni istamas edim. Umid qilamanki, menga tennisda qolishim uchun yana bir imkoniyat beriladi", dedi Sharapova.

Bu modda 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab doping sifatida sportchilar uchun taqiqlandi.

28 yashar tennischi dunyodagi eng yirik 4 tennis turnirlarida 5 bora chempion bo‘lgan.

Doping xabari ortidan Nike sport kiyimlari va TAG Heuer soat ishlab chiqaruvchi brendlar Mariya Sharapova bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG