Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Jahon chempionati uchun stadion qurayotgan 250 o‘zbek ish tashladi


Nijniy Novgorodda stadion qurayotgan o‘zbek muhojirlari
Nijniy Novgorodda stadion qurayotgan o‘zbek muhojirlari

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga mo‘ljallangan stadion qurilishida qatnashayotgan 250 o‘zbekistonlik ish tashladi. Quruvchilardan Ozodlikka bo‘lgan murojaatga ko‘ra, bunday norozilikka ishchilarning ikki oylik mehnat haqi berilmagani sabab bo‘lgan.

Nijniy Novgoroddagi stadion qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Ozodlikka maktub yo‘llab, o‘z vaziyatlarini bayon qilishdi:

“Bizga yordam bering. Rossiyaning Nijniy Novgorod shaxrida futbol bo'yicha 2018 yilgi jaxon chempionatiga mo'ljallangan stadion qurilishida 250 dan ortiq O'zbekistonlik ishlaymiz. Gap shundaki ikki oydan beri maoshimiz berilmayapti. Biz ishlayotgan firma "OOO Ma-na Stroy" egalari turklar hisoblanadi. Stationni qurib bitgazish uchun masul kompaniya bu "Stroytransgaz". Hozir pul bermayotgani uchun ishni to'xtatganmiz. Bizni shirkat "stg" pul o’tkazmayapti deb baxona qilyapti. Hozir hammamizni vahima bosgan, aldanib qolishdan qo'rqayapmiz. Qo'limizda shartnoma yo'q. Sizlarga yozishimizdan maqsad, shu ikkala shirkat bilan bog'lanib shurishtirishingizni iltimos qilamiz. Chunki bu dunyo ahamiyatidagi loyiha bo'lganligi sabab bu voqealarni jamoatchilikka oshkor bo'lishi, sizlarni aralashuvingiz qandaydir bosim bo'ladi va natija beradi deb o'ylayman” deyiladi quruvchi –muhojirlardan kelgan maktubda. (Maktub tahrir qilinmagan holda e’lon qilinayapti. –tahr)

Ozodlik ishchilardan biri¸ Ulug‘bek ismli yigit bilan telefon orqali bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqladi.

Меҳнат муҳожири Улуғбек билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Nijniy Novgoroddagi ushbu stadion qurilishi uchun mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanishga harakat qilayapti.

To‘liq tafsilotlar yaqin kunlarda e’tiboringizga havola qilinadi. Voqea tafsilotlarini Ozodlikda kuzatishda davom eting!

XS
SM
MD
LG