Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:18

Jasliqdagi faolning 10 yashar qizi prezidentga xat yozdi


Jasliq qamoqxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli, 46 yashar Cho‘yan Mamatqulovning 10 yashar qizi Surayyo prezident Islom Karimovga xat yozib, otasining aybsizligi, uning tuhmat qurboni bo‘lganini aytdi.

Prezident Islom Karimov nomiga 10 yashar qizaloq tomonidan yozilgan xat barobarida huquq faolining rafiqasi Dilorom Mamanova jamoatchilikka murojaat qilib, Jasliq lagerida qolayotgan turmush o‘rtog‘ining ahvoli og‘irligini ta’kidlaydi:

“O‘tgan yilning yozida Qoraqalpog‘istondagi Jasliq lageriga o‘tkazilgan erim allaqachon dermotologik kasallik bilan xastalangan. Uni teri zamburg‘li qichima bezovta qilmoqda. So‘nggi marta shu yilning fevralida muloqotda bo‘ldik va u kishi o‘zi bilan bir kameraga SPIDga chalingan mahkumning qo‘shib qo‘yilganini aytdilar. Bu esa har qanday infeksiyani qabul qilishga tayyor qichimaga chalingan bemor uchun muqarrar o‘lim deganidir. Qancha yozmaylik hech kim dodimizga quloq solmayapti. Yaqinda 10 va 11 yashar qizlarim prezidentga xat yozdi, ammo javob yo‘q”, deydi Dilorom Mamanova.

Cho‘yan Mamatqulov ishi bilan shug‘ullanayotgan “Ezgulik” jamiyatining ta’kidicha, mahkumni darhol Bekoboddagi huquqni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlari salanadigan muassasaga o‘tkazish lozim. “Ezgulik” O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining sobiq serjanti hisoblangan Mamatqulovning Jasliq qamoqxonasida qolishi mumkin emas, deb hisoblaydi.

2005 yilda Mamatqulov O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni Islom Karimovga qarshi fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga da’vo arizasi bilan murojaat etgan va O‘zbekiston Qurolli kuchlarining Intizom nizomini o‘zgartirishni talab qilgan. Sud da’vo arizasini qanoatlantirmagan.

Mamatqulov 2013 yilning 8 fevralida jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan Jinoyat kodeksining sakkizta moddasi bo‘yicha ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

U Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash), 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 168-moddasi (Firibgarlik), 205-moddasi (Mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 238-moddasi (Yolg‘on guvohlik berish) va 244-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish)da aybdor deb topilgan.

XS
SM
MD
LG