Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:58

O‘zbekistonda istalmagan Abdulaziz Karimga 10 oyda Turkiya vatandoshligi berildi


Abdulaziz Karim 10 oydan buyon Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qiladi.
Abdulaziz Karim 10 oydan buyon Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qiladi.

Taniqli xonanda va bastakor Abdulaziz Karim O‘zbekistondan chiqib ketganidan bor-yo‘g‘i 10 oy o‘tib, Turkiya vatandoshligiga loyiq, deb topildi. San’atkorning Ozodlikka aytishicha, bu haqdagi maktub 29 may kuni shaxsan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lidan kelgan.

Maktubda Abdulaziz Karimga "istisno tariqasida" Turkiya vatandoshligi (bu mamlakatda "fuqaro" so‘zi o‘rniga "vatandosh" so‘zi qo‘llaniladi) berilgani ma’lum qilingan.

"Kecha bosh vazirimiz Dovudo‘g‘lining tabrigini oldim. Elektron pochtamizga tabrik yo‘llaptilar, juda xursand bo‘ldik. Bosh vazirning yordamchilari telefon orqali tabrikladilar. Turkiya hukumatining shunchalik e’tiboridan juda xursand bo‘ldim. Bosh vazir xatda yozishlaricha, Turkiya jumhuriyatiga o‘zingizning san’atingiz bilan hissa qo‘shasiz, degan umiddamiz, sizdan yangi-yangi asarlar kutib qolamiz, degan tilak yo‘llaptilar. Juda xursand bo‘ldim uni o‘qib," deydi Abdulaziz Karim.

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, Turkiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan shaxs bu mamlakatda kamida 5 yil istiqomat qilishi lozim.

Абдулазиз Карим билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:09 0:00
Бевосита линк

Ammo, o‘zbekistonlik san’atkor Turkiya vatandoshligi unga o‘n oy ichida berilganidan hayratlanganini aytdi.

"Bu xursandchilik bir xabari bo‘ldi. O‘n oy oldin Turkiya hukumati hujjatlaringizni bersangiz, deb mandan iltimos qildi. Siz bilan qiziqamiz, ijodingiz bilan qiziqamiz, dedi. Endi men O‘zbekistonda asosan ashulachi sifatida tanilganman, lekin kompozitor sifatida tanilmaganman, desam ham bo‘ladi. Aslida, kompozitorlik janrida simfonik asarlar yozganman. Hatto operam bor bir qismlik. Xor asarlarim bor. Ularni bu yerda taqdim qilganman. Ular juda qiziqib qolishgandi," deydi Abdulaziz Karim.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulaziz Karim qo‘shiqlari O‘zbekistonda taqiqlab qo‘yilishi ortidan 2015 yil may oyida Turkiyaga chiqib ketgandi.

Ozodlik bilan ilgari qilgan suhbatida Abdulaziz Karim O‘zbekistonda Davlat televideniesi, "O‘zbeknavo", Madaniyat vazirligidagi ba’zi mulozimlar qo‘shiqchilar oldiga to‘siqlar qo‘yish bilan shug‘ullanishini aytgan edi.

​Abdulaziz Karim 90-yillarda "Qurbon bo‘laman" qo‘shig‘i bilan O‘zbekistonda eng taniqli xonandalardan biriga aylandi.

Keyinchalik Abdulaziz Karimning Yassaviy g‘azallariga bastalagan kuylari xalq orasida shuhrat topdi.

U barcha qo‘shiqlarini o‘zi bastalagan sanoqli hofizlardan hisoblanadi.

O‘tgan yil oxirida bastakor-ijrochi taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat arbobi Muhammad Solihninng "G‘arib daraxt" she’rini qo‘shiq qildi.

Abdulaziz Karim Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonni tark etgan esa-da, uni hamon o‘z Vatani deb hisoblashini aytdi.

XS
SM
MD
LG