Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:17

Federatsiya kengashi O‘zbekiston qarzining 95 foizidan voz kechish kelishuvini ma’qulladi


Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya kengashi 30 mart kuni O‘zbekistonning 885 million dollarlik qarzidan kechishga oid qonunni ratifikatsiya qildi.

2014 yilning 10 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga safari chog‘ida imzolangan ushbu kelishuv 27 mart kuni Duma deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Rossiya tomoni O‘zbekiston qarzini 889 million 300 ming dollar miqdorida belgilagan bo‘lsa¸ O‘zbekiston bu qarzning faqat 43 million 100 ming dollarini tan olgan va o‘z navbatida Moskvani sobiq SSSR Olmos fondi orqali O‘zbekistondan kamida 1 milliard dollar qarzdorga chiqargan.

Federatsiya kengashi ratifikatsiya qilgan hujjatda O‘zbekistonning Olmos fondiga nisbatan e’tirozlaridan voz kechishi evaziga¸ 889 million 300 ming dollarlik qarzning 95 foizini o‘chirish ko‘zda tutiladi.

Kelishuvga ko‘ra¸ endilikda o‘zbek tomoni 30 kun ichida Rossiyaga 25 million dollar to‘lashi kerak va shundan so‘ng bu tortishuv mutlaq hal etilgan deb hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG