Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:27

"Rossiyada prezervativsiz fohishaga borganim uchun VICh yuqtirdim"


Rossiyada pala-partish jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish oqibatida Odam immun taqchilligi virusi (OITV) yuqtirgan 33 yashar muhojir¸ umidsizlik va tushkunlik girdobida qolgani¸ Rossiyadan haydalishi¸ ayni paytda¸ O‘zbekistonga qaytsa¸ kamsitishlarga yuz tutishidan qo‘rquvda ekanini aytadi.

Moskva yaqinidagi qurilishlardan birida 33 yashar ishlovchi namanganlik mehnat muhojirining Ozodlikka hikoya qilishicha¸ (ismi uning iltimosiga ko‘ra sir tutilmoqda) o‘tgan hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tganida shifokorlar o‘zida OITV infeksiyasi borligini aytishgan.

Bunday virus bilan u Rossiyada yashash va ishlashga ruxsat ololmasligi, O‘zbekistonga qaytsa¸ kamsitishlarga yuz tutishi mumkinligidan qo‘rqayotganini aytadi:

- Men hozir ikki o‘t orasida qoldim. Rossiyada hozir OITVga chalinganlarni vataniga badarg‘a qilayapti. O‘zbekistonga qaytsam¸ u yerda Rossiyadan kelganlarni majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishar ekan. OITV bilan meni va oilamni tinch qo‘yishmaydi. O‘zbekistonda hech kim ishga olmaydi. Bu erda qolishimga ham ruxsat berishmaydi. Hayot men uchun tugaganday bo‘layapti, - deydi ikki farzandning ota bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojir.

Rossiya va boshqa mamlakatlarda mehnat qilayotgan muhojirlar orasida pala-partish jinsiy aloqada bo‘lish oqibatida turli yuqumli kasalliklar, jumladan, OITVga chalinish holatlari ko‘paygan.

OITV virusini yuqtirgan o‘zbek muhojiri ham o‘zining himoyalanmagan seks tufayli shu dardga chalinganini aytadi:

- Bu yerda ko‘pchilik oilasidan uzoqda, har xil ayollar bilan munosabatda bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Aksar hollarda prezervativ qo‘llamasdan qilamiz. Men hozir shu yerda yurgan barcha yurtdoshlarimga prezervativsiz ayolga yaqinlashmaslikni qattiq tavsiya qilaman. Chunki, hozir o‘zimni boshimdan o‘tganini o‘zim bilayapman, - deydi OITVga chalingan o‘zbek muhojiri.

Россияда ОИТВга чалинган ўзбек меҳнат муҳожири билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00
Бевосита линк

OITV, sifilis va sil kasaliga chalingan muhojirlar Rossiyadan deportatsiya qilinmoqda.

O‘zbekistonda esa vataniga qaytgan har bir mehnat muhojiri majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Toshkentdagi Respublika OITS markazi shifokorlaridan biri O‘zbekistonga qaytib kelgan muhojirlar tibbiy jihatdan tekshirilayotgani, ularda OITV aniqlansa¸ bu qattiq sir tutilishi, hamma qatori hayot kechirishi mumkinligini aytadi:

- To‘g‘ri, hozir bizda Rossiyadan qaytib kelganlar majburiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bu profilaktika maqsadida qilinmoqda, ularni chetlab qo‘yish uchun emas. OITVni yuqtirgan bu bemor zudlikda O‘zbekistonga qaytib, bizga murojaat etishi va doimiy ro‘yxatga turishi kerak. Aks holda¸ kasallikni oilasiga, yaqinlariga yuqtirishi mumkin. Bunday kasallar dispanser hisobiga olinib, doimiy kuzatuvda bo‘lishi kerak. Bu infeksiyaning OITS kasalligiga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Dori-darmonlarni vaqtida olib, shifokorlar nazoratidan chetda qolmasa, organizmidagi virus kuchsizlanadi va ular to‘laqonli hayot kechiradi. Bizda ularni hech kim kamsitmaydi. Bemalol ishlab, normal hayot kechirishi mumkin, ishlashi va boshqa mamlakatlarga ham chiqishi mumkin, - deydi OITS markazi shifokori.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha odam immun taqchilligi virusini yuqtirgan besh milliondan ortiq kishi qayd etilgan.

Har yili ushbu xastalikka chalinganlarning 1,5 million nafari haëtdan ko‘z yummoqda.

O‘zbekistonda 21 mingdan ortiq OITV infeksiyasini yuqtirgan odam borligi aytiladi.

Keyingi yillarda tashqi migratsiya tufayli ushbu xastalikning O‘zbekistonda ko‘payishi kuzatilmoqda.

O‘tgan yilda Rossiya hududida mehnat qilayotgan 1 million ortiq muhojiri tekshirib ko‘rilganda¸ ularning 1500 dan ortig‘ida OITV aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ OITV yuqtirgan muhojirlarning eng ko‘pi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir.

XS
SM
MD
LG