Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:34

Tog‘li Qorabog‘da o‘liklarni yig‘ishtirish uchun “sukunat” e’lon qilindi


Tog‘li Qorabog‘da harbiy to‘qnashuvlar natijasida halok bo‘lganlar jasadlarini izlash maqsadida "Sukunat vaqti" e’lon qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 2 aprelga o‘tar kechasi taranglashib ketgan. Diplomatik aralashuv vositasida 5 aprel kuni jangovar harakatlar to‘xtatilguniga qadar bu yerda 70 dan ziyod odam o‘lgan.

Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Artsrun Ovannisyan Feysbuk orqali yozishicha, 2 apreldan 8 aprelgacha bo‘lgan muddat ichidagi to‘qnashuvlarda 44 nafar arman harbiysi o‘lgan.

Rasmiy Boku to‘qnashuvlarda 31 nafar ozarbayjon askari qurbon bo‘lganini xabar qildi.

O‘zini Bokudan mustaqil deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ bo‘lgasi uchun Ozarbayjon va Armaniston 1988 yildan 1994 yilgacha urush olib borgan va bu urush 30 mingdan ziyod kishi hayotiga zomin bo‘lgan.

Xalqaro miqyosda “muzlatib” qo‘yilgan bu ziddiyatga 20 yildan buyon yakuniy echim topilmayapti va vaqti-vaqti bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t chiqib turibdi.

5 apreldagi sulhdan so‘ng Rossiya va AQSh jang qilayotgan tomonlar muzokara stoliga qaytishiga umid bildirdi. 6 aprel kuni Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvdan so‘ng chiqish qilgan Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan xalqaro hamjamiyatni Tog‘li Qorabog‘dagi ayirmachilarga “o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi belgilash” huquqi tan olishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG