Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:06

Rossiya va OPEK neft hajmini oshirmaslikka kelishmoqchi


Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti – OPEKning quvaytlik yetakchisi Naval al-Fuzaya Bloomberg News xabar agentligiga bergan intervyusida Rossiya va OPEK Eron ishtirokisiz ham neft ishlab chiqarish hajmini oshirmaslik bo‘yicha kelishuv imzolashini bildirdi.

Buning ortidan 6-7 aprel kunlari neftning dunyo bozorlaridagi narxi 5 foizga oshdi.

Fuzaya neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar 17 aprel kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv davomida neft qazib olish hajmini o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha kelishuvga erishishga majburligini, sababi hozir neft narxlari juda past ekanligini aytdi.

Fuzaya neft ishlab chiqarish hajmini fevral oyidagi ko‘rsatkichdan oshirmaslikka kelishish mumkinligini aytdi.

“Neft ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishsiz qoldirishga majbur, chunki narxlar juda past bo‘lgani uchun hamma zarar ko‘rayapti. Uchrashuv oldidagi belgilar aynan shunday xulosaga kelinishini ko‘rsatmoqda”, dedi u.

Yil boshida OPEKning etakchi a’zosi bo‘lmish Saudiya Arabistoni Rossiya bilan neft qazib olish hajmini o‘zgarishsiz qoldirishga kelishib olgan edi. Rossiya OPEK a’zosi bo‘lmagan eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatdir.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 7 aprel kuni Rossiya, Eron, Ozarbayjon energiya vazirlari Dohada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etishini bildirdi.

Hafta boshida Rossiya rasmiylari OPEK Eron ishtirokisiz ham ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishsiz qoldirishga kelishishini bildirgan edi.

Eron neft ishlab chiqarish hajmini sanksiyalar joriy qilinishidan avvalgi darajaga tiklashni istaydi. Saudiya Arabistoni esa Eronsiz ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishsiz qoldirishni istamasligini bildirgan edi.

Ammo Fuzaya Bloombergga bergan intervyusida Eron ishlab chiqarish hajmini oshirgan taqdirda ham boshqa OPEK mamlakatlari hamda Rossiya erishadigan kelishuv zarar ko‘rmasligini, chunki Tehron o‘z neftini osonlikcha sota olmasligini aytdi.

Fuzayaga ko‘ra, yilning ikkinchi yarmida neft bozorida balans tiklanadi. Uning ta’kidlashicha, yil oxiriga borib bir barrel neftning narxi 45-60 dollarga ko‘tarilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG