Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:30

Toshkentda ikki yo‘nalishda tramvay qatnovi to‘htatildi


Toshkentda 12-yo‘nalishdagi (“Beshqayrog‘och” dahasidan “Beruniy” metrosigacha) va 26 – yo‘nalishdagi (“Qo‘yliq-6” dan “Toshkent” vokzaligacha) tramvay qatnovi to‘xtatilgani to‘g‘risida Gazeta.uz "Toshkent tramvayi" korxonasi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Shunday qilib, Toshkentda tramvay qatnaydigan to‘rt yo‘nalish qoldi.

Toshkent shahar hokimligi rejasiga binoan joriy yil avgustgacha shahardagi barcha tramvay yo‘llari olib tashlanadi.

Mahalliy axborot vositalarining yozishicha, shahar aholisining ko‘pchilligi tarsmvaydan voz kechish qaroriga qarshi.

XS
SM
MD
LG