Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:32

Turkiya prezidentini haqoratlagan olmon qiziqchisi vaqtincha ishini to‘xtatdi


Germaniyalik qiziqchi Yan Bemermann.
Germaniyalik qiziqchi Yan Bemermann.

Turkiya prezidentini haqoratlashda ayblanayotgan olmon qiziqchisi Yan Bemermann jinoiy javobgarlikka tortilishi kutilayotgani uchun to‘rt haftalik ta’tilga chiqishini e’lon qildi.

Qiziqchi 16 aprel kuni Facebook tarmog‘idagi o‘z sahifasida “televideniyedan ozgina dam olishi” haqida yozdi.

ZDF davlat telekanali Bemermann olib boradigan Neo Magazin Royale ko‘rsatuvi 12 maygacha efirga uzatilishini ma’lum qildi. Kanal rasmiylari Bemermanning ta’tilga chiqish haqidagi qarorini hurmat qilishlarini bildirishdi.

15 aprel kuni Germaniya kansleri Angela Merkelь Turkiyaning Bemermannga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘ashga chaqirib yuborgan iltimosini qabul qilganini bildirdi. Qiziqchi o‘z teledasturi davomida Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqoratlovchi she’rni o‘qib eshittirgan edi.

Turkiya Bemermann boshqa davlat yetakchisini haqoratlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda. Germaniya qonunlariga ko‘ra, Merkel ma’muriyati bu iltimosni bajarishga majburdir.

Merkel hukumat jinoiy ish ochishga o‘z ruxsatini berganini, lekin qanday hukm chiqarish sudyalarning qo‘lida ekanini bildirdi.

Merkelning aytishicha, mamlakat Jinoyat kodeksining boshqa davlat idoralari yoki vakillarini haqorat qilish haqidagi 103-moddasi 2018 yilgacha bekor qilinadi. Bu modda kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi.

Bemermann Turkiya e’tiroziga sabab bo‘lgan she’rni ikki hafta oldin ZDF telekanalida o‘qib eshittirgan edi. Qiziqchi she’r Germaniyada man qilinishini aytib, uni avvalroq boshqa telekanalda efirga uzatilgan, Erdo‘g‘onni masxaralab, Turkiya g‘azabini keltirgan satirik qo‘shiqqa qiyosladi. Qiziqchi o‘qigan she’rda Erdo‘g‘on “professional ahmoq” deya ta’riflanadi. Bundan tashqari, unda Turkiya prezidentining hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG