Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:39

Avgustda Toshkentdan Buxoroga tezyurar poezd qatnay boshlaydi


Uz24.uz saytiga ko‘ra, 25 avgustdan boshlab «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar poezd qatnovi yo‘lga qo‘yilajagi to‘g‘risida 19 aprel kuni Qandim GQIMga tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Bosh vazir Shavkat Mirziyoev ma’lum qilgan.

Agar bu ish amalga oshsa, Buxorogacha bo‘lgan masofa ikki soatga qisqaradi.

2015 yilning yanvar oyida Samarqanddan Buxoroga qadar temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ishlari boshlangani, loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etishi, xabar qilindi.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha ikkita ekspress-poezd harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Natijada Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan sakkiz soatlik masofa ikki soatga qisqaradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2015 yilning 5-6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi doirasida yana ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Talgo” poezdini xarid qilish yuzasidan ispaniyalik ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma imzolagan, deyilgan xabarda.

XS
SM
MD
LG