Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:48

Ukraina Savchenkoni topshirishga oid hujjatlarni so‘rab Rossiyaga talabnoma yo‘lladi


Rossiya Adliya vazirligi 22 yilga qamalgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenkoni Kievga topshirish masalasini hal qilish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish haqida Ukrainadan talabnoma olgan. Bu haqda Rossiya axborot agentliklari Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Vazirlik vakillariga ko‘ra, sud Ukraina sharqida rossiyalik ikki jurnalistning o‘limiga aloqadorlikda ayblanib, 22 mart kuni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan Savchenkoning Kievga topshirish masalasini ko‘rib chiqadi.

Bu ayblovlarni rad etgan Savchenko o‘zining Donbassda qo‘lga olinib, Rossiyaga noqonuniy ravishda keltirilganini ta’kidlab keladi.

19 aprel kuni Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Kiev va Moskva 2014 yil oktyabrida Oliy Radaga sirtdan saylangan va milliy qahramonga aylangan Nadejda Savchenkoni vataniga qaytarishning muhtamal shartlari haqida o‘zaro kelishib olganlarini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG