Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:52

Britaniya qirolichasi Yelizaveta 90 yillik yubileyini nishonlamoqda


Bugun Britaniya tarixida taxtda eng uzoq o‘tirgan monarx - qirolicha Yelizaveta 90 yoshga to‘ldi va butun mamlakat bo‘ylab qirolicha tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tantana va marosimlar o‘tkazilmoqda.

Qirolicha o‘z tug‘ilgan kunini Britaniya qirollik oilasining eng qadimiy Vindzor qasrida o‘z yaqinlari bilan nishonlaydi.

Ayni paytda¸ qirolicha yubileyi munosabati bilan bog‘liq tadbirlar bir hafta oldin boshlandi. Tadbir doirasida jamoat joylari¸ xususan¸ barlar odatdagidan ko‘ra kechroq yopiladi¸ tantanali tadbirlar bir haftadan ko‘proqqa cho‘ziladi.

1952 yili o‘z otasi o‘limidan so‘ng taxtga chiqqan Yelizaveta to‘rt farzandning onasi¸ ayni paytda¸ o‘ndan oshiq nevara va evaralarning buvisidir.

Dunyoning eng mashhur qirolichasi sanaladigan qirolichaning davlat g‘aznasidan ajratiladigan maoshi yiliga 22 million dollarni tashkil etadi.

Qirollik oilasiga tegishli o‘nlab saroylar va qimmatbaho taqinchoqlar narxi o‘nlab milliard dollarga teng¸ ayni paytda qirolichaning shaxsiy boyligi yarim milliard dollarga yaqin.

XS
SM
MD
LG