Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:13

Turkiya oliy kassatsiya sudi “Ergenekon” ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmlarni bekor qildi


Bugun Turkiya Oliy kassatsiya sudi Istanbul shahar sudining mamlakatda davlat to‘ntarishi qilishga uringanlikda ayblangan guruh ustidan chiqargan hukmini bekor qildi.

“Ergenekon ishi” nomini olgan bu jarayon davomida 2007 yildan boshlab Erdo‘g‘on hukumatini ag‘darish maqsadida fitna uyushtirish aybi bilan 250 dan oshiq davlat va siyosat arbobi¸ jurnalist¸ advokat¸ harbiy va politsiyachilar hibsga olingan edi.

Ularning ayrimlari¸ xususan¸ Turkiya armiyasi bosh qo‘mondoni general Ilker Boshbug‘ va boshqa generallar 2013 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

2014 yilda Turkiya Jinoyat mahkamasi 230 ofitser ustidan sud jarayoni qator qonunbuzarliklar bilan o‘tkazilgani asosida ularni ozodlikka chiqargan edi.

Bundan oldin Konstitutsiyaviy sud mahkama davomida ofitserlar haqlari buzilganiga oid qaror chiqargan edi.

Bugungi hukmida Oliy kassatsiya sudi “Ergenekon”ni terror guruhi deb baholash uchun yetarli dalil yo‘qligi¸ bu guruhning na asoschisi va na lideri topilmagani va tergov jaraëning qo‘pol xatolar bilan o‘tkazilganini e’tirof qildi.

XS
SM
MD
LG