Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:22

Rossiya mudofaa vaziri NATO-Rossiya kengashi majlisidan xafsalasi pir bo‘lganini bildirdi


Rossiya – NATO Kengashining 20 aprelda o‘tkazilgan majlisi Moskva bilan Shimoliy Atlantika ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar masalasida optimistik hislar uyg‘otmadi, deb bayonot berdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha chorshanba kuni o‘tkazilgan 5- Moskva konferensiyasida qilgan chiqishi chog‘ida Shoygu Rossiyaning NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan harbiy hamkorligi muzlab qolgani, lekin bu sovuqlik Rossiyaning aybi bilan bo‘lmagani to‘g‘risida gapirdi.

NATO Rossiya bilan hamkorligini 2014 yilning aprelida, Rossiya o‘sha yilning martida Ukrainaga qarashli Qrim yarim orolini anneksiya qiliganidan so‘ng to‘xtatib qo‘ygan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama shu haftada Si-bi-es telekanaliga bergan intervьyusi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO va Yevropa Ittifoqini Rossiyaga tahdid, deb bilayapti va Yevropa Ittifoqiga raxna solishga urinayapti, degan fikrni bildirdi.

XS
SM
MD
LG