Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:36

O‘zbekiston dollar kursi o‘sishi sur’ati bo‘yicha birinchi


O‘zbekiston sobiq ittifoq respublikalari orasida dollar kursi izchil o‘sayotgan mamlakatlardan biri deb topildi.

CA-News agentligining BulaPAN nashriga tayanib yozishicha, yil boshidan beri O‘zbekiston dollarning rasmiy kursi 2809 so‘mdan 2899 so‘mga ko‘tarilgan, ya’ni AQSh valyutasi 3,18 foizga oshgan. Tojikistonda bu ko‘rsatkich 12,58 foiz, Ukrainada 4,94 foiz, Belarusda esa 3,47 foizni tashkil etgan.

Lekin O‘zbekistonda dollarning qora bozordagi, ya’ni real kursi bugungi kunda 6500 so‘mni tashkil etishi inobatga olinsa, O‘zbekiston dollar kursi o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. AQSh valyutasining qora bozordagi narxi joriy yil boshida 5300 so‘mni tashkil etgan, bu esa hozirda 6500 so‘mga baholanayotgan dollar 25 foizga o‘sganini anglatadi.

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy va qora bozor kursidan tashqari birja kursi ham bor. Asosan xorijdan import qilish bilan shug‘ullanadigan shirkatlar uchun mo‘ljallangan bu kurs hozirda 8250 so‘mni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG