Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:14

Toshkentda o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ta’sis etiladi


Gazeta.uz veb sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 13 maydagi farmoniga binoan, poytaxt Toshkentda Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, yangi universitetga o‘zbek adabiyotining asoschisi, Alisher Navoiy nomi berilgan.

"Universitet tarkibida uchta fakultet: o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetlari, shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi," deya xabar beradi Gazeta.uz

Shuningdek, Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Universitet tarkibiga o‘tkazilib, uning negizida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi tashkil etilishi aytiladi.

Yangi universitetda o‘quv jarayoni 2016/2017 o‘quv yilidan boshlanadi.

Xabarga ko‘ra, universitetning bosh binosi oldidagi maydonda ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG