Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:49

"Qora bozor"da dollar kursi qariyb 20 foizga arzonladi


O‘zbekistonda AQSh dollarining “qora bozor” narxi keskin tushib ketdi. Toshkentdagi sarroflarga ko‘ra, bir hafta avvalroq 6700 so‘mdan sotilgan AQSh dollari hozirda 5500 ko‘rsatkichiga tushib qolgan. (Toshkent vaqti bilan soat 16.00 holatiga)

AQSh dollarining “qora bozorda”gi kursi joriy yil boshida, yangi yil bayrami kunlari ham 6200 so‘mdan birdaniga 5300 so‘mga tushib ketgan edi. Lekin ko‘p o‘tmay yana 6000 ustiga chiqqan va mart oyiga kelib, 6700lik ko‘rsatkichni kesib o‘tgan edi.

O‘zbekistonda jahon rezerv valyutasining uch xil kursi bor. Markaziy bank joriy hafta uchun AQSh dollari kursini 2909 so‘m qilib belgiladi. Bundan tashqari O‘zbekistonda dollarning birja kursi ham bor va bugun 8100 so‘mni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG