Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:42

Neft narxi joriy yilda birinchi marta 50 dollardan oshdi


26 may kungi Osiyo birjalarida sotilgan oliy sifatli bir barrel neft narxi 2016 yilda birinchi bor 50 dollardan oshdi.

Yil boshida 27 dollardan sotilgan Brent North Sea markali neft narxining 50 dollardan oshishi¸ Eronning jahon bozoriga qo‘shilishiga qaramay yuz berdi.

G‘arb sanksiyalari bekor etilgach¸ kuniga 4 million barrel neft qazib chiqarayotgan Eronning jahon bozoriga qaytishining neft narxi tushishiga olib kelishi taxmin qilinayotgan edi.

Tahlilchilarga ko‘ra¸ neft narxi ko‘tarilishiga kelasi oy AQSh Markaziy bankining dollar ustama foiz narxini oshirish ehtimoli¸ shuningdek¸ Kanada va Nigeriya kabi yirik eksportyor davlatlarda neft qazish hajmining yong‘in va tartibsizlik bois vaqtincha kamaygani sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG