Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:00

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sport sayti - uff.uz yopildi


uff.uz o‘tgan yil O‘zbekistonda eng yaxshi sport sayti, deya e’tirof etilgandi
uff.uz o‘tgan yil O‘zbekistonda eng yaxshi sport sayti, deya e’tirof etilgandi

O‘zbek futbol fanatlari sayti – uff.uz sayti o‘tgan hafta oxirida to‘satdan berkitildi.

Futbol sohasidagi jurnalistlarning ishonishicha, bunga saytda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi faoliyatining keskin tanqid qilinishi sabab bo‘lgan.

2 iyun kuni O‘zbekiston Futbol federatsiyasi O‘zbekiston va Ekvatorial Gvineya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilinganini bildirishi ortidan uff.uz saytining sharhlar bo‘limi futbol muxlislarining tanqidiy fikrlariga to‘lib ketgan.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi futbol ishqibozlari sotib olingan chiptalarni qaytarishlari mumkinligini bildirgan esa-da, uff.uz saytida fikr qoldirganlarning aksari chiptalarni qayta topshira olmasliklaridan xavotir izhor etgan.

uff.uz saytining berkitilishi barobarida sport yo‘nalishidagi bir necha saytdan izoh va sharhlar bo‘limi olib tashlangan.

Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida Toshkentning “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik bellashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq O‘zbekiston tomoni “Futbol federatsiyasining rejasi o‘zgartirilgani “ va Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘yin bekor qilinganini bildirgan.

Mazkur xabardan bir kun o‘tgach, O‘zbekiston terma jamoasi Ekvatorial Gvineya bilan o‘ynashi haqida e’lon qilingandi.

Ozodlik O‘zbekiston Futbol federatsiyasidan uff.uz saytining berkitilishi yuzasidan hozirga qadar izoh ololmadi.

uff.uz sayti o‘tgan yil O‘zbekistonda "Sport" yo‘nalishi bo‘yicha "Yilning eng yaxshi sayti", deb tan olingandi.

Ozodlik o‘zbek futbol fanatlari saytining berkitilishi tafsilotini o‘rganishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG