Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:23

Turkman-afg‘on chegarasida turkmanistonlik 27 askar halok bo‘ldi


Turkmanistonning Labob va Mari viloyatlariga turkman-afg‘on chegarasidan muddatli harbiy xizmat o‘tagan 27 nafar askarning jasadi keltirildi.

“Alternativnie novosti Turkmenistana” nashrining xabar qilishicha, voqea may oyi boshlarida sodir bo‘lgan, biroq ommaviy axborot vositalariga bu haqda endigina ma’lum bo‘lgan.

Nashr manbalari Labob viloyatiga yetti nafar harbiyning, Mari viloyatiga esa 20 askarning jasadi olib kelingani ma’lum qilganlar.

Halok bo‘lgan askarlarning yaqinlari chuqur qayg‘uga tushgani, rasmiy Ashxobod esa ularga ta’ziya izhor qilish va ko‘mak ko‘rsatishdan tiyilib turgani aytilmoqda. Bu haqda rasmiy matbuot ham og‘iz ochmayapti.

Har yili bahorda Tolibon harakatining faollashuvi tufayli Afg‘oniston bilan chegaradosh postsovet o‘lkalari sarhadlarida vaziyat taranglashadi.

XS
SM
MD
LG