Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 03:39

Toshkentda vahima: ShHT sammiti paytida poytaxt butunlay yopilishi mumkin


23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti oldidan poytaxtda vahima kuchaygan: Toshkentga kirish va chiqish yo‘llari butunlay berkitilishi mumkin.

Ozodlikning huquq-tartibot tizimlaridagi bir-biridan mustaqil manbalari, bu xabarni tasdiqladi.

Ulardan birining aytishicha, hukumatning maxsus ruxsatnomasi bilangina, sammit paytida Toshkent shahriga kirish va chiqish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq "Novosti Uzbekistana" veb sayti ShHT sammiti xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlar sammitdan bir hafta muqaddam, "fuqarolar uchun O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishni taqiqlashga" qaror qilgani haqida xabar tarqatgandi.

Xabarda ushbu qaror "oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o‘tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda" olingani ta’kidlangan.

Shaharga kirishni cheklash barcha turdagi avtomobillar va temir yo‘l transportiga, shuningdek, ba’zi aviaxizmatlarga ham taluqli bo‘ladi, deb yozadi "Novosti Uzbekistana" veb sayti.

Toshkent ichidagi barcha jamoat transportlari "jadvalda belgilangan tartibda harakatini davom ettiradi".

O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiq ShHT sammiti nihoya topishi bilan bekor qilinadi.

"Viloyatdagilarning sho‘riga sho‘rva to‘kildi"

Ichki ishlar vazirligidagi Ozodlik manbasining aytishicha, shu oy boshidan buyon barcha huquq-tartibot tizimlari kazarma holatiga o‘tgan.

"Kazarma holatiga o‘tganmiz. Uyga kuniga bir-ikki soatga borayapmiz, xolos. Shu sammitni deb tinim yo‘q," dedi Ichki ishlar vazirligidagi manba.

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisining aytishicha, poytaxtda “qattiq tadbirlar ketayapti”.

"Tekshiruvlar ko‘p judayam. Har qadamda militsiya. To‘p-to‘p bo‘lib yurishibdi. Hayron bo‘lasiz, shuncha milisa qaerdan paydo bo‘ldi, deb. Ayniqsa kechqurun militsiya xilvatroq joyda soat 10 dan keyin yurgan odamlarni olib ketayapti. Hujjatsiz shaharda yurib bo‘lmaydi," deydi u.

Sirdaryo viloyati markazi – Gulistondan qatnab, Toshkent bozorlaridan birida savdo qiluvchi sobiq muhandis Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmaganlar chiqarib yuborilayapti.

"Viloyatdan kelganlarning sho‘riga sho‘rva to‘kildi. Toshkentdan bo‘lmaganlarni chiqarib yuborishayapti. Shu kunlarda katta-katta jarima belgilanibdi – 500 mingdan boshlanarkan. Bosh ko‘tarib yurolmaysan. Pana-panada pisib, qo‘rqib yuribmiz jinoyatchiga o‘xshab," deydi sobiq muhandis.

Tekshiruvlar: Oliygohdan masjidgacha

Ozodlik bog‘langan Toshkent universitet bitiruvchisi o‘qish va davlat imtihonlari bu yil muddatidan oldin tugashini aytdi.

"Har yili 1 iyulga borib tugardi o‘qish.Bu yil 20-22 iyunlarga tugashini kutayotgandik. Oxrgi muhlat shu edi. Lekin darslar 10 iyunda tugadi. Domlalar ketinglar, deyishdi. Dekanimiz, zamdekanlar 10 iyunda hech kim qolmasin o‘qishda, deyishdi. Shanxay sammiti sababli ekan", dedi Toshkentdagi oliygoh bitiruvchisi.

Toshkentlik nafaqaxo‘rning aytishicha, tekshiruvlar masjidlarga kirishda ham o‘tkazilmoqda.

"Tarovehdan qaytasiz. Masjidlar oldida 7-8 ta milisa turadi. Kirayotganlarni bitta-bitta skanner bilan tekshirib kiritayapti. Kattalarni o‘tkazib yuborayapti. Ko‘rinishi ishonch uyg‘otadiganlarni shunday o‘tkazib yuborayapti. Ilgari bitta ikkita milisa turadigan bo‘lsa, hozir 7-8 milisa turibdi," dedi Toshkentlik nafaqaxo‘r.

Namangan shahridan Toshkentga qatnovchi kirakash so‘zlariga ko‘ra, "taksichilar ham tashvishga tushgan".

"Hayronmiz o‘sha kuni nima bo‘larkin deb. Qamchiq dovoni Farg‘ona vodiysini Toshkent bilan bog‘lab turadigan yagona yo‘l bo‘lsa. Kimdir bemorini olib kelishi mumkin, kimnidir zarur ishi chiqishi mumkin. Dovon bir soat yopilsa, yuzlab mashinalar tirband bo‘lib qoladi. Toshkent berkitilsa, nima bo‘larkin, tasavvur ham qilish qiyin," deydi har kuni Farg‘ona vodiysidan Toshkentga qatnovchi taksichi.

XS
SM
MD
LG