Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:39

Faollar: Rossiyada ko‘chmas mulk xoldinglari yashirilmoqda


Rus muxolifati liderlaridan biri Aleksey Navalniy
Rus muxolifati liderlaridan biri Aleksey Navalniy

So‘nggi bir yil ichida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi faollar Rossiyaning ko‘chmas mulk bo‘yicha ma’lumot bazasi hisoblanmish Rosreestrga tayanib Rossiya mudofaa vaziriga aloqasi bor pagodasimon qasr, bosh vazir o‘rinbosarining millionlab dollar qiymatga ega kvartirasi, Putinning kuyovi ekanligi aytiladigan shaxsga tegishli qimmatbaho kvartirani fosh qilishdi.

Ammo o‘tgan yilning oxirida bunday mulklar Rosreestr ro‘yxatlaridan o‘chirila boshlandi.

Faollarning aytishicha, Rosreestrning bunday yo‘l tutishiga ularning yuqori lavozimli davlat ishchilari va ularning qarindoshlariga tegishli mulkni fosh qilishga qaratilgan harakatlari turkti bo‘lgan.

Ro‘yxatlar o‘zgara boshlagan paytda Rossiyaning asosiy xavfsizlik agentligi tashabbusi bilan ma’lumot bazasidan uchinchi taraflarning foydalanishini cheklovchi qonun qabul olindi.

Muxolifatchi faol va huquqshunos Aleksey Navalniy yetakchiligidagi "Antikorrupsiya jamg‘armasi" Rosreestrdagi o‘zgarishlar haqida yangi xabar tarqatdi.

Ma’lumot bazasining administratorlari endilikda mulk egalarining ismini harf va sonlardan iborat kodlar bilan almashtirmoqda. Masalan, bular orasida bosh prokuror Yuriy Chaykaning o‘g‘illari bor.

O‘tgan yili Chaykaning o‘g‘illari haqida tanqidiy hisobot e’lon qilingan, unda Artyom Chaykaning noqonuniy ravishda rus industrial inshootlarini xususiylashtirgani, Igor Chaykaning Rossiyadagi davlat shartnomalari evaziga boyib olgani aytilgan edi.

Navalniyning tergovchilariga ko‘ra, oktyabrь oyida Artyomga tegishli ekanligi aytilgan Moskva g‘arbidagi 2000 m2 uyning endilikda "Xususiy shaxs LSDU3"ning mulki ekanligi ko‘rsatilgan.

Faollar avval Artyomga tegishli deb ko‘rsatilgan boshqa mulklar, jumladan, 205 m2 garaj ham "Xususiy shaxs LSDU3"ga tegishli qilib ko‘rsatilganini aniqlashdi.

“Aka-uka Chaykalar”

Faollar yana Igor Chayka nomida ekanligi ko‘rsatilgan 556 m2 uy endilikda "Xususiy shaxs YFYaU9"ga o‘tkazilganini oshkor qilishdi.

Faollar blogida "Kim o‘zi bu aka-uka Chaykalar? Maxsus himoya ostidagi davlat xizmatchilarimi? Davlat sirlarini biladigan shaxslarmi? Harbiy yetakchilarmi? Maxfiy agentlarmi?" deyiladi.

"Yo‘q, bular shunchaki davlat ishchisi ham bo‘lmagan bir guruh boyvachchadir... Davlat shartnomlalari hisobiga yashayotgan oddiy parazitlar. Ammo endilikda ularni davlat buyuk sirdek himoya qiladi".

Navalniyning tergovchilari ko‘chmas mulk ma’lumotlar bazasini anonimlashtirish yoki yo‘q qilish Rossiya qonunchiligiga zid ekanligini, bu masala bo‘yicha Rosreestr ustidan sudga murojaat qilishlarini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG