Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:11

Qochqinlar bo‘yicha BMT bosh komissari: Afg‘on muhojirlari "unutilgan"


Qochqinlar bo‘yicha BMT rahbarining aytishicha, afg‘on muhojirlari, o‘tgan yili Yevropaga yirik sonda kela boshlagunga qadar, xalqaro hamjamiyat tomonidan “allaqachon” unutilgan edi.

18 iyun kuni Eronga safar qilgan Filippo Grandi Qochqinlar bo‘yicha BMT Bosh komissari sifatida uning ilk safari afg‘on qochqinlariga qaratilganini aytdi.

"Afg‘on qochqinlari afsuski xalqaro hamjamiyat tomonidan unutilgan edi," dedi Grandi Eron Ichki ishlar muovini Huseyn Zulfiqoriy bilan Tehronda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.

"Afg‘on qochqinlari Yevropaga boshqa ko‘plab qochqinlar bilan birga kela boshlaganidan keyingina xalqaro hamjamiyat ularni eslab qoldi."

BMTga ko‘ra, Eronda qochqin sifatida qayddan o‘tgan 950 ming Afg‘oniston fuqarolari bor. Biroq, Eron Ichki ishlar vaziri hisob-kitobiga ko‘ra, Eronda yashayotgan afg‘onlarning umumiy raqami 3 millionga yaqindir.

Grandi xalqaro hamjamiyatni Tehronning qochqinlarni himoya qilish dasturlariga yordam berishga chaqirdi.

Zulfiqoriyning jurnalistlarga bildirishicha, noqonuniy migratsiya oqimining boshqa mamlakatlar, ayniqsa Yevropaga o‘tishini bartaraf etish Eronga qiymatga tushmoqda.

XS
SM
MD
LG