Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:45

"Gazli – Nukus" magistral gaz quvuri va "Buxoro – Ural" quvuriga sentabrda ulanadi


O‘zA axborot agentligining xabar qilishicha,2 yirik magistral gaz quvurini o‘zaro birlashtirish bilan bog‘liq umumiy qiymati 120 milliard so‘mlik loyiha “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tasarrufidagi “Urganchtransgaz” sho‘’ba korxonasi, “Janubgazqurilish” aktsiyadorlik jamiyati, “Neftgazmontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududidan o‘tadigan mazkur gaz quvurining uzunligi 74 kilometrni tashkil etadi. 1020 millimetrli gaz quvurining 850 metrlik qismi Amudaryo o‘zanining 20 metr ostidan o‘tadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, gaz magistrallari o‘zaro bog‘lansa, Xorazm viloyatidagi gaz tarmoqlarida bosim ortadi. Qurilishi yakunlangan “Urganch – 2” gaz taqsimlash shoxobchasi orqali yilning istalgan paytida gaz bosimini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

"Gazli – Nukus" magistral gaz quvurining "Buxoro – Ural" quvuriga ulanishi – aholisi yillar davomida surunkali gaz taqchilligini boshidan kechirib kelayotgan O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan gaz hajmi ortishiga olib keladimi-yo‘qmi – bu haqda O‘zA xabarida hech narsa deyilmagan.

XS
SM
MD
LG