Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:53

Buxoroda Bahouddin Naqshbandiy majmuasiga doxil minora buzib tashlandi


Buxoroning Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshbandiy me’moriy majmuasiga kiradigan Bibi Orifa majmuasining bir qismi bo‘lmish minora buzib tashlandi. Bu haqda xabar qilgan “Novosti Uzbekistana” nashriga ko‘ra, mutaxassislar bu ish ob’ektning nochor ahvoldaligi tufayli amalga oshirilganini aytganlar. Shu sababli minorani butunlay buzib tashlab, uning o‘rniga xuddi avvalgisiga o‘xshash minora tiklashga qaror qilingan.

Hozirda minoraning anchagina qismi qayta tiklangani, ish bitganidan so‘ng minora balandligi 13 metrga yetishi aytilmoqda.

Hazrat Bahouddin Naqshbandiyning volidasi Bibi Orifa yodgorlik majmuasi 2012-2013 yillarda to‘la ta’mirlangandi. O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bosh-qosh bo‘lgani aytilgan restavratsiya chog‘ida majmuaga kiruvchi masjid, maqbara, hovuz va boshqa xo‘jalik inshootlari ta’mirlangan, biroq minora qisman restavratsiya qilingandi.

XS
SM
MD
LG