Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:27

Istanbul hujumi ortidan 13 kishi hibsga olindi


Turkiya politsiyasi Istanbul terakti ortidan shaharning 16ta manzilida bir paytning o‘zida reyd o‘tkazdi.

Haberturk sayti ma’lumotiga ko‘ra, reyd natijasida 13 odam hibsga olingan, ulardan uch nafari xorij fuqarolaridir.

Milliyet gazetasi qirqdan ziyod odam o‘limiga sabab bo‘lgan 28 iyun kungi terror hujumini Tojikiston fuqarolari bo‘lgan uch xudkush amalga oshirgani haqida yozdi.

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, xudkush hujumlarni "Islomiy davlat" ekstremist guruhi amalga oshirganiga ishoratlar bor.

Hozirga qadar Istanbul aeroportidagi mazkur hujumlar oqibatida 42 odam halok bo‘lgani, 160dan ortiq odam yaralangani bildirildi.

Shaxsi aniqlangan murdalar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Abrorjon Ustaboev va Samat Muhiddinov ham borligi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG