Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:54

O‘zbekistonda harorat rekordi qayd etildi, kasalxonalarda bemorlarga joy yetmayapti


O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilishi tufayli oftob urishi va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasalxonaga yotqizilayotgan bemorlar soni ko‘paydi. So‘nggi ellik yil ichida eng yuqori – 45 daraja issiq qayd etilgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari kasalxonalarida, ma’lumotlarga qaraganda, bemorlarga koykalar yetmay qolayotgani kuzatilmoqda.​

Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi vrachi Ozodlik bilan suhbatda havo issiqligi tufayli bemorlar ko‘payganini tasdiqladi:

- Hozir bizda 105ta koykaga 180ta bemor to‘g‘ri kelyapti, issiq tufayli bemorlar juda ko‘p, - dedi Ozodlikka Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining vrachi.

Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari kasalxonalarida ham shu ahvol.

- Kechaning o‘zida bizning kasalxonaga 54 bemor yotqizildi. Ovqatdan zaharlanganlar ko‘p. Ich ketish, o‘tkir respirator kasalliklar bilan og‘riganlar bor, - dedi ismi sir qolishini istagan surxondaryolik shifokor.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining bildirishicha, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida havoning harorati 26 iyul kuni 44 darajadan ko‘proqni tashkil etgan va bunday yuqori harorarat o‘tgan asrning elliginchi yillaridan beri ilk bor qayd qilinmoqda.

- Havo harorati oshaversa bizda bemorlar ko‘payaveradi. Issiq urganlar ham juda ko‘p. Yuragi xastalar, qon bosimi borlarga og‘ir bo‘layapti. Havo issiqligi uchun murojaatlar ko‘p bo‘lmoqda, deydi Surxondaryo viloyat shifoxonasi vrachi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ozodlik bog‘langan mulozimi esa issiq bois mamlakatda favqulodda hol ro‘y bermagani, o‘lim holatlari qayd etilmaganini aytdi.

- Hozirga qadar issiqdan o‘lgan bizda qayd etilmadi. Oftob urishlar bor, zaharlanishlar bor, o‘lgan yo‘q, - dedi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining mulozimi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda jaziramadan kamida uch kishi nobud bo‘lgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘shanda ham O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘lim holatlarini rad etgandi.

XS
SM
MD
LG