Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:36

Vashingtonda S5+1 yig‘ini yopiq eshiklar ortida boshlandi


3 avgustda Vashingtonda AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati tashqi ishlar vazirlari muloqoti boshlandi.

C5+1 deb nomlangan muloqotga 2015 yil Samarqand shahrida boshlangan edi.

Vashingtondagi uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy integratsiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi hamda insonparvarlik yordami mavzulariga alohida e’tibor qatiladi, deya xabar beradi "Amerika Ovozi".

C5+1 summit in Washington DC Aug 3, 2016
C5+1 summit in Washington DC Aug 3, 2016

AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati tashqi ishlar vazirlari shuningdek Samarqandda kelishib olingan besh loyiha istiqobolini ham muhokama qiladilar: savdo, naqliyot, ekologiya va iqlim, madaniy hamkorlik va islohotlarni chuqurlashtirish.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri uchrashuvni ocharkan MO tashqi ishlar vazirlari bilan muhokama qilinadigan muhim mavzularga to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Samarqandda C5+1 anjumani va unda qabul qilingan loyihalar rejasi yuzasidan batafsil suhbat bo‘lishini aytdi.

Jon Kerri ortidan so‘z olgan MO davlatlari tashqi ishlar vazirlari AQSh va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlik ahamiyati va bu borada bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr bildirdilar.

Ayni paytda tomonlar yopiq eshiklar ortida muloqotni davom ettirmoqda.

XS
SM
MD
LG