Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:04

Rafiq Nishonov: GKChP bo‘lgan kunda men Qrimda edim


Roppa rosa chorak asr muqaddam Moskvada o‘zini Favkulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, ya’ni GKChP deb e’lon qilgan bir hovuch sovet amaldorlari davlat to‘ntarishi qilishga uringan edi. Ammo, o‘sha paytdagi siyosiy vaziyat ularning bu urinishlariga yo‘l qo‘ymadi. Lekin 25 yil avval ro‘y bergan avgust voqealari sobiq Ittifoqni chok- choki bilan so‘kilib ketishiga sabab bo‘ldi.

Bugun 1991 yil 19 avgust voqealariga 25 yil to‘ldi. Qariyb 70 yillik avtoritar boshqaruv, siyosiy repressiyalar va iqtisodiy turg‘unlik ortidan boshlangan jarayonlar sovet jamiyatida misli ko‘rilmagan ochiqlik va demokratik o‘zgarishlarga olib keldi va SSSRning parchalanib ketishi bilan yakun topdi.

Ozodlik radiosi saksoninchi yillar so‘nggida Sovet O‘zbekistoniga rahbarlik qilgan, to‘qsoninchi yillar boshida esa SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashining raisi sifatida Sovet rahbari Mixail Gorbachevga yaqin bo‘lgan sobiq sovet arbobi Rafiq Nishonov bilan 25 yil avvalgi voqealar hamda chorak asr mobaynida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida bosib o‘tgan yo‘li haqida suhbatlashdi.

Рафиқ Нишонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:43 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG