Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:21

Wi-Fi signalini 10 baravar kuchaytirish yo‘li topildi


AQShdagi MIT laboratoriyasi muhandislari Wi-Fi signalini bir necha baravar kuchaytiruvchi MegaMIMO 2.0 deb ataluvchi yangi tizimni kashf qilishdi. Sinov jarayonida yangi tizim Wi-Fi signali tezligini uch baravar kuchaytirishga qodirligini ko‘rsatdi.

Odam gavjum bo‘lgan tadbirlarda bir vaqtni o‘zida hammani Wi-Fi signali yordamida simsiz Internetga ulanishini ta’minlash imkonsiz.

Masalan stadionda qancha router bo‘lishidan qat’iy nazar, signallar chalkashib qolishi natijasida sport ishqibozlari Wi-Fi ga ulanishga qiynalishadi.

Lekin, AQShdagi MIT laboratoriyasi muhandislari MegaMIMO 2.0 deb ataluvchi yangi tizimni ishlab chiqqan xolda bu muammoga echim topishdi.

MegaMIMO 2.0 sinov jarayonida Wi-Fi signali tezligini uch baravar oshirishga qodirligini ko‘rsatdi.

Loyiha mualliflaridan biri Ezzeldin Xuseyn Xamed (Ezzeldin Hussein Hamed) CNN Money nashriga bergan intervьyusida aslida MegaMIMO 2.0 tizimi Wi-Fi signalini 10 baravar kuchaytirishga qodirligini aytdi.

Ezzeldin Xuseyn Xamedga ko‘ra, yangi tizim signallarning biri biriga chalkashmasligini ta’minlagan xolda Wi-Fi signalini kuchlantirishga qodir.

Loyiha mulliflari, Wi-Fi signalini kuchaytiruvchi yangi texnologiyani hayotga tadbiq etishga hali erta ekanini aytishmoqda.

- Dastlabki qadam qo‘yildi, kelajakda bundan tijriy maqsadlarda foydalanilsa ajab emas, - deydi Ezzeldin Xuseyn Xamed.

XS
SM
MD
LG