Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:41

Farg‘ona elektrostansiyasini qo‘riqlayotgan askar o‘zini otib o‘ldirdi


Marhum askar Farg‘ona shahar Qirguli mavzeidagi TETs binosini qo‘riqlayotgan xarbiylar tarkibida bo‘lgan.
Marhum askar Farg‘ona shahar Qirguli mavzeidagi TETs binosini qo‘riqlayotgan xarbiylar tarkibida bo‘lgan.

Farg‘ona shahar Qirguli mavzeidagi TETsni (Issiqlik elektro stansiyasini) qo‘riqlayotgan 19 yashar askarning o‘z xizmat quroli bilan o‘zini o‘ldirganini xarbiy prokuratura tergov qilmoqda.

Farg‘ona viloyat xarbiy prokuraturasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ hodisa 24 avgust kuni peshindan keyin yuz bergan.

Hodisa haqida ilk xabarni bergan Fergana.ru nashriga ko‘ra, qisqa muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan askar ustavdan tashqari xolat (dedovshina) qurboni bo‘lgan.

Ayni paytda Farg‘ona viloyat xarbiy prokuraturasidagi rasmiylari buni tasdiqlamadi.

Mulozimlarga ko‘ra¸ o‘zini o‘ldirgan askar bilan zobitlar o‘rtasida nizo qayd qilinmagan va marhum “armiya bosh-boshdoqligi” (armeyskiy bespredel) qurboni emas.

Farg‘onada o‘z joniga qasd qilgan 19 yashar A. F.ismli askar (askarning to‘liq ism sharifi Ozodlikda mavjud.) chaqiruv yoshiga to‘lgani bois armiyada xizmat o‘taëtgan edi.

U Farg‘ona shahar Qirguli mavzeidagi TETS binosini qo‘riqlayotgan harbiylar safida bo‘lgan.

Askari o‘limi tafsilotini Ozodlikka gapirib bergan Farg‘ona viloyat xarbiy prokuraturasidagi manba iddaosiga ko‘ra¸ askar soqchilik minorasida navbatchilik tugaganidan keyin pastga tushib, qo‘lidagi Kalashnikov avtomati qo‘ndog‘ini yerga tirab, stvoliga peshonasini qo‘yib, tepkini bosgan.

Manbaning ilova qilishicha¸ jasad tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin yaqinlariga dafn qilish uchun berilgan.

Marhumning xudkushlikka moyilligi borasidagi taxminlar ham xarbiy prokuratura tergovchilari tarafidan tekshirilmoqda.

O‘zbek harbiylari orasida matbuotga ma’lum xudkushlik holati bundan 9 yil oldin qayd etilgan.

2007 yilda O‘zbekiston MXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi zobiti o‘zini osib qo‘ygan edi.

1999 yili Urganchdagi tergov izolyatorini qo‘riqlayotgan askar xizmat avtomati bilan avval qaynonasini keyin esa o‘zini otib o‘ldirgandi.

Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalardan farqli O‘zbekistonda xizmatga borgan yangi askarlarni taxqirlash (dedovshina) muammosi yo‘qligi aytiladi.

Ismi aytilishini istamagan istefodagi polkovnikning Ozodlikka aytishicha¸ har yili O‘zbekistonda 400 minga yaqin yigit armiyaga chaqiruv yoshiga to‘ladi.

Biroq ularning juda oz qismigina armiyada xizmat o‘taydi.

O‘zbekiston armiyasida shartnoma asosida xizmatni o‘tashni xohlovchilar soni taklif qilinayotgan ish o‘rinlaridan ko‘proqdir.

XS
SM
MD
LG