Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:09

Dunyo yetakchilari Karimov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirmoqda


AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan qilgan bayonotida Qo‘shma Shtatlar og‘ir pallada O‘zbekiston xalqini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Karimov o‘limi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxsga ta’ziya izhor etdi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev, “do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman”, deb ta’kidladi.

AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan qilgan bayonotida Qo‘shma Shtatlar og‘ir pallada O‘zbekiston xalqini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi.

Obama Qo‘shma Shtatlar og‘ir pallada O‘zbekiston xalqini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi.
Obama Qo‘shma Shtatlar og‘ir pallada O‘zbekiston xalqini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifasini boshlamoqda, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikka sadoqatini saqlab, fuqarolarning huquqlariga rioya qilinishiga asoslangan suvereniteti, xavfsizligi va kelajagi tarafdori bo‘lib qoladi”, - deyiladi Oq uy e’lon qilgan bayonotda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Karimov o‘limi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxsga ta’ziya izhor etgan.

Vladimir Putin esa Karimov o‘limi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxsga ta’ziya izhor etgan.
Vladimir Putin esa Karimov o‘limi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxsga ta’ziya izhor etgan.

Kremlning rasmiy kremlin.ru saytida Putin ta’ziyasi "O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarayotgan" Nig‘matulla Yo‘ldoshevga yuborilgani alohida ta’kidlanadi.

Rossiya prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, prezident Putin bosh vazir Dmitriy Medvedevga O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning Samarqandda bo‘ladigan dafn marosimida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilishni tayinlagan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida:

Nazarboev: do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman.
Nazarboev: do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman.

“Men bilan qariyb 30 yil mobaynida elkama-elka ishlagan do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman”, — deb ta’kidladi.

Janob Nazarboev O‘zbekistondagi bugungi barqarorlik va jamiyat farovonligi hamda keng miqyosli o‘zgarishlar Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligini alohida qayd etib o‘tdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan e’lon qilgan ta’ziyasida:

Ilhom Aliev: Islom Karimovni Ozarbayjonda haqiqiy do‘st sifatida hurmat qilishadi.
Ilhom Aliev: Islom Karimovni Ozarbayjonda haqiqiy do‘st sifatida hurmat qilishadi.

“Ozarbayjonda Islom Karimovni xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik rishtalar rivojiga mustaqillik yillarida katta xissa qo‘shgan haqiqiy do‘st sifatida hurmat qilishadi”, - deb ta’kidladi.

54 yoshli Ilhom Aliev 2003 yilda otasi, Ozarbayjonning sobiq prezident Haydar Alievning vafoti ortidan hokimiyatga kelgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘udaligini bildirgan.

Pan Gi Mun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘udaligini bildirgan.
Pan Gi Mun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘udaligini bildirgan.

“Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqa va dunyoda tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashda hissasi katta bo‘lgan”, - deyiladi BMT matbuot xizmati e’lon qilgan bayonotda.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim O‘zbekiston Prezidentining vafot etganini tasdiqladi va o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirgan birinchi xorijiy hukumat rahbari bo‘ldi.

Binali Yildirim o‘zbek xalqiga birinchi bo‘lib hamdardlik bildirdi.
Binali Yildirim o‘zbek xalqiga birinchi bo‘lib hamdardlik bildirdi.

TRT Haber telekanali Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘limi munosabati bilan o‘zbek xalqiga bildirgan rasmiy ta’ziyasini namoyish etgan.

Gruziya va Eron prezidentlari ham Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi, Gruziya prezidenti matbuot xizmati.

Islom Karimovning vafoti munosabati bilan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham hamdardlik bildirgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG