Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:27

Karimov davrida taqiqqa tushgan kinolar Mirziyoev davrida ekranga chiqadimi?


Hollivudda kino olayotgan o‘zbek rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev
Hollivudda kino olayotgan o‘zbek rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev

"Chodirxayol" dasturining bu sonida O‘zbekistonda namoyish taqiqlangan kinolar haqida suhbatlashdik.

O‘zbekistonning yaqin tarixida istalmagan kinolarni taqiqlash 1990 yilda boshlandi. “Kichkina Vera” filmi Markaziy Televideniedan namoyish qilinganida, O‘zbekiston bu translyatsiyani O‘zbekiston hududida to‘xtatib qo‘ygan edi.

Paxta ishi tanqid qilingan "Shok" filmi esa O‘zbekiston kinoteatrlarida taqiqlangan ilk badiiy film bo‘ldi.

Shu tariqa o‘tgan 25 yildan ortiq davrda 20ga yaqin kinolar namoyishi taqiqlandi.

Ular orasida "O‘zbetelefilm"da davlat mablag‘iga suratga olingan "Sudxo‘rning o‘limi" va xususiy tadbirkorlar sarmoyasi asosida suratga olingan "Tohir Zuhra 2" filmlari bor.

Buning yonida o‘zbek kinochilarining Sovet davrida suratga olgan kinolariga ham taqiq qo‘yildi.

Masalan o‘zbek kinosining ulkan namoyandalaridan biri Shuhrat Abbosovning "Olovli yo‘llar" filmini ham O‘zbekistonda namoyish qilish taqiqlab qo‘yilgan.

SSSR xalq artisti Shuhrat Abbosov bu taqiqni tuzum o‘zgargani bilan izohladi.

Shu kunlarda Rossiyada ijod qilayotgan kinochi Ulug‘bek Yo‘ldoshev "O‘zbetelefilm” studiyasida davlat mablag‘iga suratga olingan “Sudxo‘rning o‘limi” filьmi namoyish qilinmasdan tokchaga qo‘yilganini aytadi.

Yillardan beri o‘z ijodini Rossiyada davom ettirayotgan o‘zbek kinorejissyori va aktyori Ulug‘bek Yo‘ldoshev¸ O‘zbekiston madaniyati va san’ati sohasidagi ayrim tebranishlar munosabati bilan¸ "O‘zbekfilm" va "O‘zbektelefilm" tokchalarida ekran yuzini ko‘rmay taxlanib yotgan sara filmlarning jamoatchilikka taqdim etilishiga umid qilayotganini ta’kidladi.

Bundan 10 yil oldin taniqli kulgi ustasi Obid Asomov kinoprodusserligida olingan "Fotima Zuhra 2" filmining nega taqiqda qolayotgani noma’lum.

Rixsiboy Muhammadjonov: Dordan qochganlar O‘zbekistonda kino qilyapti

O‘zbekistonlik taniqli kinostsenariy ustasi Rixsivoy Muhammadjonov, rahbarlarning kino sohasiga noo‘rin aralashganini oqlamagan holda¸ hozir O‘zbekistonda namoyish qilinayotgan kinolarning aksarini tokchaga qo‘yish kerak degan fikrda.

Каримов даврида тақиққа тушган кинолар Мирзиëев даврида экранга чиқадими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:14 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda Rixsivoy Muhammadjonov aytgani kabi sayoz filmlargina emas balki yuksak standartlarda suratga olingan ba’zi Hollivud kinolari ham O‘zbekistonda taqiqlangan.

Aktyor Rassel Krou ijrosidagi "Nuh" filmining O‘zbekistondagi namoyishi to‘xtatilgan.

"O‘zbekkino" milliy agentligi Hollivudning "Nuh" filmi bo‘yicha rasmiy bayonotiga ko‘ra, rejissyor Darren Aronofskining "Nuh" filmi namoyishi diniy idoradan tavsiya bo‘lmagani uchun to‘xtatilgani aytiladi.

Bundan oldin O‘zbekistonda britaniyalik taniqli komik artist Sasha Baron Koen suratga olgan "Borat: Shuhratli Qozog‘iston davlati foydasi uchun Amerika madaniyatini o‘rganish" va “Diktator” filmlari taqiqlab qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG