Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda


Yakshanba kuni tonggi soat 6:00 dan butun O‘zbekiston bo‘ylab ovoz berish uchun kelayotgan saylovchilar uchun 9383 ta saylov uchastkasi ochildi. Xorijdagi o‘zbekistonliklar esa 44 ta saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin. Nomzodlarga ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Bugun O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tayapti.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 11:00 gacha 20 million 428 ming 891 nafar saylovchidan 33,73 foizi ovoz berib bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda, MSK “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasiga muvofiq, mamlakatda saylov bo‘lib o‘tdi, degan qarorga keldi.

Ayni paytda O‘zbekistonning turli joylarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Saylov uchastkalari soat 20:00 da yopiladi.

Saylovchilar mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rt partiya nomzodidan biriga ovoz berishlari mumkin. Saylovda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan bosh vazir va muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev, “Milliy tiklanish” milliy-demokratik partiyasidan Sarvar Otamurodov, O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidanHotamjon Ketmonov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan esa Narimon Umarov nomzodi ilgari surilgan.

Aksar kuzatuvchilar davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogar Shavkat Mirziyoev ekanini aytib, uning katta farq bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqdalar.

O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezident saylovi birinchi prezident Islom Karimov vafoti munosabati bilan o‘tkazilmoqda. 78 yoshli I.Karimov, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 2 sentabrida miyasiga qon quyilishi natijasida olamdan o‘tgan.

XS
SM
MD
LG