Линклар

Шошилинч хабар
19 декабр 2025, Тошкент вақти: 00:07

"O‘zbekiston havo yo‘llari"ga qarashli aviashirkat 5 yilga soliqlardan ozod etildi


MAI aviakompaniyasiga qarashli vertolyot (surat O‘zbekiston havo yo‘llari saytidan olindi)
MAI aviakompaniyasiga qarashli vertolyot (surat O‘zbekiston havo yo‘llari saytidan olindi)

Prezident Shavkat Mirziyoev qarori bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tarkibidagi "Maxsus aviatsiya ishlari" (MAI) aviakompaniyasi 2017 yil 1 yanvaridan boshlab 5 yilga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, bunday qarorning qabul qilinishiga aviakompaniyani rivojlantirish dasturi sabab bo‘ldi.

MAI aviakomaniyasi

20 yil muqaddam tashkil etilgan MAI aviakompaniyasi tasarrufida AN-2 transport va yo‘lovchi samolyotlari va Mi-8MTV-1 vertolyotlari bor.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, ushbu aviakompaniya boshoqli ekinlarga ishlov berish, qishloq xo‘jaligida begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha aviatsiya-kimyoviy ishlarni bajaradi.

Shuningdek, Mi-8MTV-1 vertolyotlari vositasida qor qoplami kuzatiladi, toshish xavfi bo‘lgan ko‘llar monitoringi o‘tkaziladi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" rejasi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2021 yilgacha yo‘lovchi tashish hajmini 1,3 marotabaga ko‘paytirib, yiliga 3 million 300 ming kishiga etkazishni rejalashtirgan. Qiyoslash uchun: Istanbuldagi Otaturk aeroporti 2015 yilda 61 mln. yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmatiga ko‘ra, yo‘lovchilar sonini oshirish rejasi Toshkent aeroportida qo‘shimcha terminalni ochish hisobiga amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati 2020 yilgacha Toshkent aeroportining soatiga 1,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan 4-terminalini ishga tushirishni rejalashtirgan.

O‘tgan yil oktyabrida The Guide to Sleeping in Airports sayti Toshkent xalqaro aeroportini yo‘llovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi eng yomon bo‘lgan dunyonining beshta aeroportidan biri deb topgandi.

Strategik shirkat

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev oktabr oyida davlatning to‘liq tasarrufida bo‘lgan mamlakatdagi o‘nta eng yirik strategik korxonani aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni ko‘zlagan qarorni imzoladi.

Ular orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviashirkati ham bor.

Mazkur qarorga ko‘ra, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirilayotgan kompaniyalar butunlay xususiylashtirilmaydi, aksar ulushlar davlat tasarrufida qolaveradi.​

Chorak asr muqaddam tashkil etilgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" mamlakatda mavjud yagona aviakompaniyadir.

15 ming odamni ish bilan ta’minlagan ushbu avikompaniya o‘tgan yildan boshlab, o‘z chiptalarini Internet orqali sotishni yo‘lga qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG