Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 01:58

Zulfiqor Musoqovning tanqidiy kinosi Toshkentda ko‘rsatiladi


“Dadam betob” filmidan tasvir

“O‘zbekfilm” kinostudiyasida davlat granti hisobidan suratga olingan rejissyor Zulfiqor Musoqovning yangi “Dadam betob” filmi respublika kinoekranlariga chiqarildi.

Bundan oldin Alisher Navoiy nomli kinosaroyda ayni filmning jurnalistlar uchun yopiq tadimoti o‘tkazildi.

Film o‘tgan yili 90 yoshida vafot etgan taniqli polyak rejissyori Anjey Vayda xotirasiga bag‘ishlanadi.

“Abdullajon”, “Vatan”, “Osmondagi bolalar”, “Qo‘rg‘oshin”kabi filmlari bilan tanilgan kinoijodkor Zulfiqor Musoqov “Dadam betob” filmi mavzusini ikki og‘iz gap bilan, taqdir sinoviga tashlangan ayolning yo‘l hikoyasi deb atadi.

“Dadam betob” badiiy filmining yopiq taqdimotida qatnashgan toshkentlik munaqqid Shahnoza To‘raxo‘jaeva kinoasardan ta’sirlanganini aytadi:

-"Dadam betob" filmini ko‘rdim, birinchilardan bo‘lib. Bugun jurnalistlar uchun yopiq namoyish bo‘ldi. Albatta, bu Musoqov filmi, albatta u yaxshi film bo‘ladi, albatta kartina meni nima bilandir boyitadi... Xullas, shunday "albatta"lar ko‘p edi ichimda. Film kutganlarimni oqladigina emas, kutilmaganda lol qoldirdi¸ deya ta’kidlagan munaqqid filmdagi jur’atdan hayratga tushganini aytadi:

-Nafaqat syujeti, balki ko‘targan muammolari ham o‘tkir bu kartinani ko‘rayotib xayolimdan o‘tgani – bo‘lar ekan-ku shunday gaplarni gapirsa! "Prokurorlarning hammasi poraxo‘r, maoshiga shunday 2 qavatli koshonalar qura olarmidi?", "Maktabda a’lo baholarga o‘qir edim, ammo o‘qishga kira olmadim, hammasi pul"... Muammolar u yer-bu yerda replika tarzida emas, batafsil, ochiq aytilayapti. Faqat shugina emas. Qiziqarli, dinamikasi kuchli, o‘ziga yarasha yumori ham bor bu kinoasarda kamida 20-30 muammo u yoki bu tarzda "turtib o‘tilgan". Xullas, o‘ylantiradigan, uyg‘otadigan film deya takidlagan munaqqid ushbu film namoyishidan so‘ng qalbida kechgan qarama-qarshi tuypularni ham izxor qildi:

- Menda bir vaqtning o‘zida ham optimist, ham pessimist yashaydi. Optimist aytadi: "Zulfiqor Musoqovning borligi – kinematografiyamizning baxti". Pessimist aytadi: "Zulfiqor Musoqovdeklar boshqa yo‘qligi kinomizning fojiasi". Balki faqat kinomizning emasdir¸ deydi munaqqid Shahnoza To‘raxo‘jaeva.

Kinoijodkor Zulfiqor Musoqovning o‘zi Ozodlik bilan suhbatda filmning bundan 5 yil ilgari ekranga chiqishi mushkul bo‘lishini aytgan holda¸ kinometrografiya sohasi bugungi vaziyatda sal bo‘lsa ham erkin va dadil gapirish imkonini qo‘lga kiritganligini ta’kidladi:

- Besh yil oldin ochiq gap¸ kino ssenariyasini tsenzura qilishga harakat bo‘luvdi¸ buni yashirishning keragi yo‘q. Lekin asta-sekin bu stsenariy o‘zining yashash huquqini saqlab qoldi. U yerdagi dialoglarga kelsak¸ oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Hamma¸ har kuni ko‘radigan o‘sha muammolar. Lekin men publitsistikadan qochganman. Film meni¸ ya’ni ijodkorni bo‘layotgan muammolarga shaxsiy munosabatim. Faqat shu¸ deydi suhbatdosh.

Зулфиқор Мусоқов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:48 0:00
Бевосита линк

Zulfiqor Musoqovga ko‘ra¸ film yo‘l hikoyasi tarzida suratga olingan:

- Toshkentdan sal naridagi qishloqda yashaydigan Aziza insult bo‘lib qolgan yeriga dori olish uchun bir kun kirakashlik qilishga qaror beradi. Bir kun davomida mijozlar kaleydoskop oynasidagi toshlar kabi almashadi. Kun oxirida mashinaga chiqqan eng so‘nggi passajir bilan uchrashuv Azizaning hayotini alg‘ov -dalg‘ov qiladi¸ deydi suhbatdosh.

Akmal Rizev taxallusi bilan yozadigan o‘zbekistonlik blogger nazarida “Musoqovning “Dadam betob” filmi¸ qattiq kasalga chalingan o‘zbek kinosining tuzalayotganidan dalolatdir”.

XS
SM
MD
LG