Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:26

Suriya hukumati va muxolifatining Ostona muzokaralari yakuniga yetdi


Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriya bo‘yicha o‘tkazilgan ikki kunlik tinchlik muzokaralari yakuniga etdi.

Muzokaralarga vositachilik qilgan Rossiya¸ Turkiya va Eron rasmiylari Suriyadagi o‘t ochmaslik kelishuvi ijrosini monitoring qilish mexanizmini yaratish haqida kelishuvga erishdi.

Suriya hukumati va qurolli muxolifat guruhlarining Ostonada bilvosita uchrashishi dekabr oyida erishilgan sulh bitimining amalga ko‘chishiga nisbatan umid tug‘dirgan edi.

Ammo Suriya muxolifati matbuot kotibi Usama Abu Zayd Qozog‘iston¸ Rossiya va Turkiya Ostona konferentsiyasining muvaffaqiyatli tugashiga harakat qilganiga qaramay¸ Suriya hukumatining amalda sulh bitimiga rioya qilmaëtgani bunga imkon bermaganini bildirdi:

- Bu konferensiya va muzokaralar muvaffaqiyati yo‘lidagi asosiy to‘siq Suriya rejimi tomonidan sulh bitimining buzilaëtgani va Suriyaning aksar hududlarida odamlarning o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘laëtganidir¸ dedi 24 yanvar kuni Suriya muxolifati vakili.

Ostona uchrashuvi qatnashchilari qabul qilgan qo‘shma baënotda aytilishicha¸ Eron¸ Rossiya va Turkiya birgalikda o‘t ochmaslik bitimi ijrosini kuzatadi va sulh bitimi tafsilotlarini belgilab¸ turli fitnalar oldini olishga harakat qiladi.

Shuningdek¸ uchala vositachi davlat “Islomiy davlat” va Jabhat al-Shom (avvalgi nomi Al-Nusra) guruhlariga qarshi kurashni davom ettirish va bu guruhlarni qurolli muxolifatning qolgan qismidan ajratish rejasida ekanlarini ta’kidladilar.

Hozirga qadar Rossiyaning Turkiya va AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan qo‘llanayotgan mo‘’tadil muxolifat guruhlariga qarshi havo hujumlari uyushtirgani keskin tanqidga uchrab keldi. Mo‘’tadil deb ko‘rilayotgan bu guruhlar¸ Rossiya va Eron qo‘llab-quvvatlayotgan Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘darish uchun qurolli kurash olib bormoqda.

Ostonada qabul qilingan yakuniy bayonotga shuningdek uchala davlatning 8 fevral kuni BMT homiyligida Jenevada o‘tkaziladigan tinchlik so‘zlashuvlari navbatdagi davrasida muxolifat vakillari qatnashishini qo‘llab-quvvatlashi ham kiritildi.

Hozircha bu baënotga Suriya hukumati va muxolifat vakillarining qo‘l qo‘ygan-qo‘ymagani aytilmadi.

2011 yilda boshlangan Suriyadagi urush oqibatida hozirga qadar 300 mingdan oshiq odam nobud bo‘ldi¸ millionlab suriyalik o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG